Foydalanish Shartlari

AKBW platformasidan foydalanish qoidalari va shartlari

Platformadan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz va ularni bajarishga majbursiz.

1. Umumiy qoidalar

  • Platforma kiyim-kechak mahsulotlarini onlayn buyurtma qilish va yetkazib berish xizmatini ko'rsatadi.
  • Platforma O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyat yuritadi.
  • Platforma orqali buyurtma berish faqat 18 yoshdan katta shaxslar uchun ruxsat etiladi.

2. Buyurtma berish tartibi

  • Foydalanuvchi mahsulotni tanlab, buyurtma beradi.
  • Buyurtma berishda kiritilgan ma'lumotlar (ism, telefon, manzil) to'g'ri va aniq bo'lishi shart.
  • Noto'g'ri kiritilgan ma'lumotlar sababli yetkazib berilmagan buyurtma uchun Platforma javobgar emas.

3. To'lov shartlari

To'lovlar quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

  • Click
  • Payme
  • Uzcard
  • Humo

To'lovlar xavfsiz uchinchi tomon to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Platforma bank karta ma'lumotlarini saqlamaydi va qayta ishlamaydi.

Muhim

4. Yetkazib berish shartlari

Mahsulotlar Uzpost pochta xizmati orqali yetkazib beriladi va yetkazib berish ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich:

  • Mahsulot chet eldan O'zbekistonga (Toshkent shahriga) yetkaziladi.
  • Ushbu bosqichga ko'proq vaqt ketishi mumkin.
  • Bu vaqt bojxona, logistika va tashqi omillarga bog'liq.

2-bosqich:

  • Mahsulot Toshkent shahridan foydalanuvchi ko'rsatgan manzilga Uzpost orqali yuboriladi.

Foydalanuvchi yetkazib berish muddati asosan 1-bosqichga bog'liqligini tushunib, bunga rozilik bildiradi.

5. Yetkazib berish muddati

Kechikishlar:

  • Yetkazib berish muddati taxminiy hisoblanadi.
  • bojxona tekshiruvlari
  • ob-havo
  • transport muammolari

sababli yuzaga kelishi mumkin.

Platforma ushbu holatlar uchun javobgar emas.

6. Qaytarish va refund

Agar mahsulot:

  • noto'g'ri yuborilgan bo'lsa
  • jiddiy nuqson bilan yetib kelsa

foydalanuvchi mahsulotni qabul qilgan kundan boshlab 3 kun ichida murojaat qilishi kerak.

  • O'lcham yoki did sababli qaytarish masalalari individual tartibda ko'rib chiqiladi.
  • Yetkazib berilgan va ishlatilgan mahsulotlar qaytarilmaydi.

7. Javobgarlikni cheklash

  • Platforma uchinchi tomon xizmatlari (Uzpost, to'lov tizimlari) faoliyati uchun to'liq javobgar emas.
  • Platforma foydalanuvchining noto'g'ri harakatlari sababli yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar emas.

8. Intellektual mulk

  • Saytdagi barcha matnlar, rasmlar va dizayn elementlari Platformaga tegishli.
  • Ularni ruxsatsiz ko'chirish yoki ishlatish taqiqlanadi.

9. O'zgartirishlar

Platforma ushbu Foydalanish shartlarini istalgan vaqtda o'zgartirish huquqiga ega.

Yangilangan shartlar saytga joylangan kundan boshlab kuchga kiradi.

10. Aloqa

Savollar bo'yicha biz bilan bog'lanishingiz mumkin:

Oxirgi yangilanish: 2026 yil 1-fevral